26 Oktyabr 2021

Azamat Shamuzafarov – “Qizlarga muhandislik kasblari kerakmi?” mavzusidagi bahs ishtirokchilaridan biri

2-noyabr kuni “UniSat” nanoyo’ldosh dasturining ochilish marosimi doirasida “Qizlarga muhandislik kasblari kerakmi?” mavzusida bahs boʻlib oʻtadi.

Bahs ishtirokchilaridan biri Azamat Shamuzafarov bo‘ladi:

  • Click kompaniyasining UX mutaxassisi;
  • dizayner;
  • Azamat Today telegram kanalining muallifi;
  • IT bo’yicha mutaxassis;
  • Gazeta.uz muxbiri.

Qizlar uchun STEM kasbi – kelajakning istiqbolli kasbimi yoki modaga intilishmi? Azamat Shamuzafarovning fikri qanday? Tez orada bilib olamiz! Yorqin va unutilmas bahsni o’tkazib yubormang!

Azamat bilan birgalikda “Technovation Girls” dasturi bitiruvchilari ushbu mavzu bo‘yicha o‘z fikrlarini bildiradilar.

Tadbir Innovatsion rivojlanish vazirligida, 2-noyabr kuni, soat 14:00 da o’tkaziladi!

Tadbirda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtish kerak:
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSd9S1UsQs_sq4LHp52MB-eX5VB3K6udql6fCwpj5V3__cyPqg/viewform?usp=sf_link

Dastur veb-sayti: www.unisat.uz

___

UniSat – Tech4Impact NNT, UNICEF, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining qo‘shma dasturi.