29 Noyabr 2022

28-noyabr kuni Innovatsion rivojlanish vazirligida UniSat 2.0 qizlar uchun STEM-loyihasining ochilish marosimi o‘tkazildi.

28-noyabr kuni Innovatsion rivojlanish vazirligida UniSat 2.0 qizlar uchun STEM-loyihasining ochilish marosimi o‘tkazildi.

Tanlovda qatnashishga ariza bergan O‘zbekistonning barcha viloyatlaridan 15-24 yoshli qizlar o‘zlarining dasturlash, radioelektronika, ma’lumotlar tahlili, astronomiya, iqlim o‘zgarishi, 3D-modellashtirish va muhandislik ishi bo‘yicha bilimlarini yaxshilashlari hamda jamoada ishlash va loyihani boshqarish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari mumkin.

Dasturning yakuniy bosqichida eng katta reyting bilan finalga chiqqan 20 nafar qiz Toshkentda CubeSat’ni yig‘ish bo‘yicha stajirovkadan o‘tishadi.

Nanosun’iy yo‘ldoshni stratosferaga uchirish 2023-yil 12-aprelga rejalashtirilgan.

Marosimda biz tanlov qoidalari va bosqichlari haqida hikoya qildik, spikerlarning sovg‘alarini o‘ynadik va loyihaning yangi ishtirokchilari bilan tanishdik.

Tadbir mehmonlari va spikerlari:

  • Shaxlo Utkurovna Turdikulova, O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari
  • Jeffri Ijumba: YUNISEFning O‘zbekistondagi Vakolatxonasi Rahbarining o‘rinbosari
  • Dmitriy Shnol:Rossiyada xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi, matematik, o‘qituvchi, Oxbridge maktabining rus bo‘limi akademik direktori.
  • Nurjamal Berdaliyeva: astronom, fizik, o‘qituvchi, O‘zR FA Astronomiya institutining xodimi
  • Yevgeniy Sklyarevskiy: ilm-fan targ‘ibotchisi, jurnalist

Panelli bahs-munozaralarda qatnashgani hamda matematika va astronomiya mavzusidagi qiziqarli taqdimotlari uchun mehmonlarga minnatdorchilik bildiramiz.

Dasturning birinchi seminari juda tez, 29-noyabrda o‘tkaziladi. Barcha tafsilotlar va seminarlarga havolalar – telegram-kanalimizda.

———
UniSat 2.0 — bu Tech4Impact NNT, UNICEF, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining hamkorlikdagi dasturi.