18 May 2023

30-may kuni Toshkentda Celebration event / Girls in STEM Day – Technovation Girls Uzbekistan va UniSat 2.0 dasturlarining yakuniy bayram tadbiri o‘tkaziladi

Barcha ishtirokchilar va mentorlarni biz bilan yakunlangan mavsumni nishonlashga taklif etamiz!

Unda dasturlar faoliyatiga yakun yasaymiz, Technovation Girls loyihalarining ko‘rgazmasini o‘tkazamiz va qizlar uchun mo‘ljallangan STEM-dasturlarimizning barcha ishtirokchilari va mentorlariga sertifikatlar va sovg‘alar topshiramiz.

Barcha jamoalar bilan uchrashuvni kutamiz! Tez orada registratsiyani ochamiz va tadbirga nimalarni tayyorlash lozimligi haqida ma’lum qilamiz, yangiliklarni kuzatib boring!