02 Fevral 2022

5-fevral kuni uzoq kutilgan Central Asia Space Talk with Girls onlayn tadbir bo’lib o’tadi

5-fevral kuni soat 14:00 da (Toshkent vaqti) uzoq kutilgan Central Asia Space Talk with Girls onlayn tadbir bo’lib o’tadi!

Markaziy Osiyoning uch davlati – O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonning yetakchi qizlari bilan uchrashamiz.

Quyidagi mavzularni muhokama qilamiz:

  • Tibbiyot va biotexnologiya sohasida kosmik tadqiqotlar.
  • Nima uchun investorlar kosmik biotexnologiyaga sarmoya kiritadi.
  • Markaziy Osiyoda STEMda gender tengligi, kosmik fanda tenglik.
  • Elektronikani miniatyuralashtirish: nano sun’iy yo’ldoshlarning jadal rivojlanishi.

Qiziqarli savollar tuzing va muhokamaga tayyorlaning. Sizning fikringizni – UniSat’ning eng faol ishtirokchilarining fikrini eshitish biz uchun muhim.

Qozog‘istonlik ishtirokchilar o‘tgan yili nano sun’iy yo‘ldoshni qanday uchirgani haqida o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashadilar, Qirg‘izistonlik qizlar esa bir necha yil avval Qirg‘iziston kosmik dasturini qanday o‘ylab topganliklari, hozir esa sun’iy yo‘ldoshni qurish va uchirishni rejalashtirayotganliklari haqida aytib berishadi.

Hammani kutamiz!

 

Central Asia Space Talk with Girls O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonlik yosh qizlar uchun STEAM dasturida kosmik fanlar va martabalarni ommalashtirish maqsadida o‘tkaziladi