15 Aprel 2022

20-aprel kuni sizlarni O’zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi (O’zgidromet) mutaxassislari bilan oflayn uchrashuvga taklif qilamiz

Diqqat – diqqat! O’zgidromet va Unisat taqdim etadi!

Nanosun’iy yo’ldoshni yig’ish va ishga tushirishning muhim jihati – bu ma’lumotlar bilan ishlashdir! Yangi nanosun’iy yo’ldoshni ishga tushirishga tayyorgarlikni boshlaymiz, unga qanday sensorlar o’rnatilishi va ob-havo haqida qanday foydali ma’lumotlar yig’ilishini muhokama qilamiz!

Uchrashuvda siz quyidagilarni ham bilib olasiz:
• O’zgidromet faoliyati;
• u yerda qanday mutaxassislar ishlaydi, texnik mutaxassislar va muhandislar orasida qancha qizlar va ayollar bor;
• ob-havo ma’lumotlarini tahlil qilish va prognozlash bo’yicha qanday istiqbolli kasblar mavjud;
• O’zgidromet qanday tijorat ma’lumotlarini sotadi;
• BIZNING NANO SUN’IY YO’LDOSH tomonidan qanday foydali meteorologik ma’lumotlarni yig’ish mumkin;
• atrof-muhitning ifloslanishi va iqlim o’zgarishiga oid ma’lumotlarni to’plash, saqlash va ulardan foydalanish.

Sana: 2022 yil 20 aprel
Vaqt: 16:00 – 17:30
O‘tkaziladigan joy: O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi (O‘zgidromet).
Manzil: Toshkent sh., Osiyo ko’chasi, 72-uy

Joylar soni cheklangan! Iltimos, havola orqali ro’yxatdan o’ting:
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLScW4oaf0lgg0eMKBrKJjpbeft54kDIklVOxGDm6Vr_ZzkVeaw/viewform?usp=sf_link