12 May 2023

UniSat 2.0 Butkempi Samarqandda davom etmoqda!

Bugun ekipajimiz Samarqanddagi yangi aeroportga qo‘ndi va biz darhol Ulug‘bek rasadxonasiga yo‘l oldik.

Rasadxona qoshidagi Muzeyda bo‘lish va Ulug‘bekning ajoyib asbobi radiusi 40.2 m bo‘lgan sekstantni ko‘rish qizlar uchun juda qiziqarli bo‘ldi, ushbu asbobda XV asrdayoq gorizont ustidagi osmon jismlarining balandligi o‘lchangan (Yevropada bunday hisob-kitoblarni amalga oshirish imkoniyati faqat XVII asrda paydo bo‘lgan).

Bugun – uchirish ishlariga yakuniy tayyorgarlik kuni, ertaga nanosun’iy yo‘ldoshlarni uchirish uchun Navoiy viloyatiga yo‘l olamiz.