21 Dekabr 2023

Dilfuza Tojiboyeva, UniSat dasturining birinchi qabulining finalchisi Mariya Skladovskaya-Kyuri nomidagi stipendiyaga sazovor bo‘ldi!

Mariya Skladovskaya-Kyuri nomidagi MAGATE stipendiyalari dasturining finalchilari aniqlandi. Bular dunyoning turli burchaklaridan yadro sohasi bilan bog‘liq turli fanlarni o‘rganuvchi nafar qiz. Stipendiyachilar orasida MMFI Milliy tadqiqotchilik yadro universiteti talabasi va birinchi UniSat dasturining finalchisi qoraqalpog‘istonlik Dilfuza Tojiboyeva ham bor.

Mariya Skladovskaya-Kyuri nomidagi mukofot – bu nufuzli xalqaro stipendiya bo‘lib, yadro texnologiyalari sohasida tahsil olayotgan yosh qizlarga beriladi. Mukofotning maqsadi qizlarni yadro sohasidagi kasblarni tanlashga rag‘batlantirish va ularni o‘qish jarayonida qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Stipendiya o‘qish, yashash va tibbiy xizmatlarga ega bo‘lish xarajatlarini qoplaydi.

Bundan oldin Dilfuza “O‘zatom” agentligi va O‘zR Energetika vazirligining stipendiya dasturlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi. Dilfuza MMFI Milliy tadqiqotchilik yadro universiteti Toshkent filialining diplomini olib, o‘qishni davom ettirishga qaror qildi, ayni paytda u bosh oliy o‘quv yurtida magistraturada tahsil olmoqda.

Dilfuzani navbatdagi yutug‘i bilan tabriklaymiz!

Manba: «Novosti Uzbekistana»