15 Avgust 2024

UniSat 2.0 dasturining finalchisi Shahzoda Yoqubova Shimoliy qutbga uyushtirilgan ilmiy ekspeditsiya ishtirokchisiga aylandi!

UniSat 2.0 dasturining finalchisi Shahzoda Yoqubova Shimoliy qutbga uyushtirilgan ilmiy ekspeditsiya ishtirokchisiga aylandi!

13-avgust kuni Murmanskdan “Ledokol znaniy” (“Bilimlar muzyorari”) V ilmiy ekspeditsiyasi Shimoliy qutbga jo‘nab ketdi. Moskva fizika-muhandislik institutining Milliy tadqiqotchilik yadro universiteti Toshkent filialining bitiruvchisi Shahzoda Yoqubova ilk bor ushbu ekspeditsiya ishtirokchisiga aylandi, u bu huquqni xalqaro tanlov natijasida qo‘lga kiritdi.

Reys paytida ekspeditsiya ishtirokchilari muzyorar kemaning tuzilishi va ishlashi bilan tanishadilar, Arktikaning betakror tabiatini tomosha qiladilar. Shuningdek turli tadbirlarga boy ta’lim dasturi (taniqli olimlar, pedagoglar va ilmiy blogerlarning ma’ruzalari) ham rejalashtirilgan.

«Shu yil bahordan beri ushbu safarni juda kutayotgandim. Shimoliy qutbda ekanimni o‘sha yerga yetib borganimdan keyin to‘liq anglasam kerak. Asosiy missiyam – fazoviy nurlarni o‘rganish, maktab o‘quvchilari uchun ma’ruza o‘tkazish va yangi odamlar bilan tanishish. U yerga yadro fizikasi va texnologiyalari sohasining eksperti sifatida ketyapman, boshqa ishtirokchilarga elementar zarralar haqida gapirib beraman. Fazoviy nurlar asosiy tabiiy hodisalardan biri hisoblanishi sir emas. Ularning xarakteristikalarini o‘rgangan holda, elementar zarralarning tabiati haqida ko‘p narsalarni tushunish mumkin, shu bois bu ilm-fan uchun juda muhim», — dedi Shahzoda jo‘nab ketishdan oldin «Novosti Uzbekistana» nashriga.

Manba: https://nuz.uz/2024/08/14/vpervye-grazhdanka-uzbekistana-vypusknicza-tashkentskogo-filiala-niyau-mifi-otpravilas-pokoryat-severnyj-polyus/
Fotosurat: Maksad Jangirov