28 Aprel 2022

28-aprel – Xalqaro axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasidagi qizlar kuni.

Bugun, 2022-yil 28-aprel Xalqaro axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasidagi qizlar kuni.

«Qizlar va yosh ayollar fan, texnologiya, muhandislik va matematika (STEM) karyeralarida muvaffaqiyat qozonishlari uchun ular internet va raqamli vositalardan xavfsiz va ishonchli foydalanishlari kerak. Shuning uchun biz yoshlar bilan maslahatlashgandan so’ng «Access and Safety» (kirish imkoni va xavfsizlik)ni bizning mavzuimiz sifatida tanladik», Xalqaro elektraloqa ittifoqi (XEI) sahifasida xabar berildi.

Barcha qizlarni bayram bilan tabriklaymiz! Biz sizning har bir kichik yutug’ingiz bilan faxrlanamiz, chunki ular sizni katta maqsadga olib keladi. Sizda mo’jizalar yaratish va orzularingizni amalga oshirish uchun katta imkoniyatlar mavjud!

Har doim o’zingizga ishoning va bir-biringizni qo’llab-quvvatlang. Kelgusi harakatlaringizda barchangizga omad tilaymiz!