03 Iyun 2022

Girls in STEM Day: Celebration Event – 2022!

31-may kuni Tech4Impact NNT tomonidan Innovatsion rivojlanish vazirligi, UNICEF va O‘zbekistonda Bolalar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash assotsiatsiyasi ko‘magida har yili tashkil qilinadigan “Ayollar fan va texnologiyalar sohasida” Haftaligi doirasida Girls in STEM Day, “STEMda qizlar kuni” tadbiri o‘tkazildi.

Qizlar uchun Technovation Girls Uzbekistan yirik xalqaro texnologik tanlovi va nanosun’iy yo‘ldoshlar bo‘yicha UniSat Uzbekistan STEM-dasturi Celebration Event final tadbirida ishtirokchi qizlar va jamoalarning mentorlari faol qatnashgan olti oylik faoliyatga yakun yasadi. Tadbir Toshkentda, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligida bo‘lib o‘tdi.

Tadbir mehmonlari va ishtirokchilari uchun qiziqarli dastur o‘tkazildi:

– UniSat ishtirokchilari 8-may kuni O‘zbekistonning Navoiy viloyatida uchirilgan nanosun’iy yo‘ldoshni ko‘rsatishdi va nanosun’iy yo‘ldosh tomonidan olingan ma’lumotlar haqida so‘zlab berishdi. Uchrashuv qiziqarli “ilmiy detektiv” formatida bo‘lib o‘tdi.

– Toshkent, Farg‘ona, Andijon va Nukusning Technovation Girls jamoalari (8-18 yoshli qizlar) o‘zlarining loyihalar ustida ishlash natijalarini namoyish qilishdi, ko‘rgazma stendlarida o‘zlarining ijtimoiy mobil ilovalarini taqdim etishdi.

Tadbirning tantanali qismida “Iqlim o‘zgarishi, texnologiyalar va qizlar uchun imkoniyatlar” mavzusidagi bahs-munozaralar doirasida mehmonlar va ishtirokchi qizlar oldida faxriy mehmonlar nutq so‘zladi, bular:

• Shaxlo Turdiqulova, Innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari,
• Inqilob Tursunovna Yusupova, O‘zbekistonda Bolalar va oilani qo‘llab-quvvatlash assotsiatsiyasining raisi,
• Munir Mamedzade, UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari,
• Zeavit Ben-Xilel xonim, Isroil davlatining O‘zbekistondagi elchisi,
• Sharlott Adrian, Yevropa Ittifoqining O’zbekistondagi elchisi,
• Jusipbek Kazbekov, O‘zbekiston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari,
• Usmon Raximjonov, BMTTDning “Raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlikni o‘zlashtirish uchun yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasida raqamli tadbirkorlikni va raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha menejeri,
• Saida Yusupova, Tech4Impact NNT direktori.

Keyin Technovation Uzbekistan koordinatori, ustozi va ishtirokchilari bilan suhbat bo‘lib o‘tdi:

• Ozoda Ismailova, dastur koordinatori;
• Diyora Usmonova, «Blaze» jamoasining mentori,
• Zulxumor Tursunxo‘jaeva, “Tech_Angels” jamoasining ishtirokchisi,
• Sevara Umarova, HBack jamoasining ishtirokchisi.

Qizlar dasturda ishtirok etish borasidagi tajribalari va taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar.

UniSat koordinatori Nora Rahimova va UniSat ishtirokchilari: Nodira Tillaeva, Kamilla Sonkina, Diyora Daminova va Sevara Abdullaeva 8-may kuni O‘zbekistonning Navoiy viloyatida uchirilgan nanosun’iy yo‘ldoshni ko‘rsatishdi va nanosun’iy yo‘ldosh tomonidan olingan ma’lumotlar haqida so‘zlab berishdi. Uchrashuv qiziqarli “ilmiy detektiv” formatida bo‘lib o‘tdi.

Soʻngra, kosmik fanlar muhandis Lyubov Shlyaxtenkova UniSat ishtirokchisi Sevara Abdullaeva bilan birgalikda “Kosmik chiqindilar: orbitani kim tozalaydi?” mavzusida taqdimot oʻtkazdi.

Tadbirimiz hamkorlari tomonidan tematik nominatsiyalar bo‘yicha 10 ta Technovation Girls jamoalari taqdirlandi.

«EKOLOGIYA» mavzusi bo’yicha eng yaxshi loyihalar:
Ekologiya davlat qoʻmitasi tomonidan sovgʻa: “Eucalypt” jamoasi, Nukus sh. Mintaqaning o’simliklari haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan sun’iy intellektga ega boʻlgan loyiha.
UNICEF tomonidan sovgʻa:
«Blaze» jamoasi, Farg’ona sh. Go’sht iste’molini kamaytirish (va CO2 emissiyasini kamaytirish) boʻyicha loyiha.
BMTTD tomonidan sovgʻa:
«Aral Girls» jamoasi, Nukus sh.
Mintaqaning ekologiyasini saqlash boʻyicha loyiha.

“SUV RESURSLARI” mavzusi boʻyicha eng yaxshi loyiha:
SUEZ International SAS tomonidan sovg’a:
«SDG Girls» jamoasi, Nukus sh. Suvni tejash boʻyicha loyiha.

«Sog‘liqni saqlash» mavzusi boʻyicha eng yaxshi loyihalar:
UNFPA tomonidan sovg’a:
«Lil Cercis» jamoasi, Toshkent sh. Jinsiy tarbiya boʻyicha loyiha.
UNICEF tomonidan sovgʻa:
«Tech_Angels» jamoasi, Toshkent sh. Eshitish qobiliyati zaiflar uchun imo-ishora tilini aniqlash boʻyicha loyiha.

«Gender tengligi» mavy bo’yicha eng yaxshi loyiha:
AQSh elchixonasi tomonidan sovgʻa:
«Soteria» jamoasi, Toshkent sh. Hardware-loyiha: qo’shimcha SOS tugmasi bo’lgan qizlar uchun ilova.

“TENG IMKONIYATLAR” mavzusi boʻyicha eng yaxshi loyiha:
Isroil elchixonasidan sovgʻa:
«Diamond Eyes» jamoasi, Toshkent, sh. Ko‘zi ojizlar uchun AI-yordamchisi.

«TA’LIM» mavzusi boʻyicha eng yaxshi loyiha:
BMTTD tomonidan sovgʻa:
«Sakura» jamoasi, Toshkent sh. Turli tillar uchun tarjimon (jumladan, imo-ishora tili, kodlar va boshqalar).

Technovation Girls 2022 loyihalari koʻrgazmasidagi eng ijodiy plakat:
Tech4Impact tomonidan sovgʻa:
«Bulletproof» jamoa, Toshkent sh.

Uchrashuv tantanali bayram va Tech4Impact NNT tomonidan «Technovation Girls» dasturining BARCHA ishtirokchilari va mentorlariga sertifikatlar va sovg’alarni topshirish bilan yakunlandi!

Ushbu ajoyib kunni biz bilan baham ko’rgan barcha ishtirokchilar, murabbiylar va mehmonlarga rahmat!