22 May 2023

Ish izlaganingizda, yangi lavozimga o‘tishni xohlaganingizda yoki oliy o‘quv yurtida grantlarga topshirganingizda – hamma joyda – shaxsiy brend ahamiyatga ega.

Kuchli shaxsiy brendni yaratish va uni ushlab turish muvaffaqiyatga erishish uchun juda muhim. Bu boshqa odamlarning siz haqingizda oladigan tassuroti, sizning nufuzingiz, sizning tashrif qog‘ozingizdir.

Oracle kompaniyasining xalqaro ekspertlari bilan seminarga ulaning, o‘zingizni suhbatlarda, odamlar bilan muloqotda dadil tutish va oldingizga qo‘ygan maqsadlarga tezroq erishish uchun qanday qilib kuchli shaxsiy brendni shakllantirish mumkinligi haqida bilib oling.

Seminar 23-may kuni soat 19:00 da ingliz tilida, o‘zbek tiliga tarjimasi bilan, o‘tkaziladi. Zoom-havolani telegram-guruhlarga yuboramiz.