04 Oktyabr 2021

Kosmonavtika olamida ahamiyatli kun: 4-oktabr — bu insoniyat kosmik erasining boshlanishi

Roppa-rosa 64 yil ilgari, 1957-yilning 4-oktabrida Mudofaa vazirligining “Tyura-Tam” 5-ilmiy-tadqiqot poligonidan (keyinchalik Boyqo‘ng‘ir kosmodromi deb nomlangan) Yer orbitasiga «Sputnik-1» deb ataluvchi, shuningdek «PS-1» («Простейший Спутник-1»/“Oddiy Yo‘ldosh-1”) maxfiy nomi bilan taniqli bo‘lgan Yerning birinchi sun’iy yo‘ldoshi uchirildi.

Birinchi yo‘ldoshning muvaffaqiyatli uchirilishiga ilmiy-tadqiqot institutlari, yuzlab olimlar va konstruktorlarning ko‘p yillik faoliyati zamin yaratdi.

Natijada 1957-yil 4-oktabr juma kuni Moskva vaqti bilan soat 22:28:34 da butun dunyo eng birinchi sun’iy yo‘ldoshning parvozini hayrat bilan kuzatib turdi.

«PS-1» tomonidan amalga oshirilgan turli ilmiy kuzatuvlardan tashqari, ushbu yo‘ldoshning uchirilishi butunjahon interneti rivojlanishiga ham turtki bo‘ldi. Ammo, endi bu boshqa hikoya…