24 May 2023

Sizlarni biz bilan «GIRLS IN STEM & SPACE DAY» bayram tadbirini nishonlashga taklif etamiz!

📣 Barcha ishtirokchilar, mentorlar va ota-onalar diqqatiga!

Sizlarni biz bilan «GIRLS IN STEM & SPACE DAY» bayram tadbirini nishonlashga taklif etamiz!

30-may kuni soat 13:00 da “Tech4Impact: UniSat Uzbekistan” va “Technovation Girls Uzbekistan” dasturlarining yakuniy bayram tadbiri o‘tkaziladi!

Tadbir dasturida:
🖼 “Technovation Girls” loyihalarining ko‘rgazmasi;
🧑🚀 “UniSat 2.0” nanosun’iy yo‘ldoshi dasturining natijalari hamda nanosun’iy yo‘ldoshdan olingan ma’lumotlar tahlillarining natijalari taqdimoti;
❇️ “Technovation Girls Uzbekistan-2023” dasturining nominatsiyalari bo‘yicha sovg‘alarni topshirish marosimi;
🎤Ishtirokchi qizlar, mentorlar, tadbirning xalqaro mehmonlari bilan qiziqarli suhbatlar;
📸 OAV uchun fotosessiya va video-intervyular;
🎉 “UniSat 2.0 Uzbekistan” va “Technovation Girls Uzbekistan 2023” dasturlarining sertifikatlarini topshirish marosimi.

Sana: 30-may (seshanba)
Vaqt: 13:00
O‘tkazilish joyi: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Toshkent shahri

👉 Ro‘yxatdan o‘tish ushbu havola orqali:
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfQCNYiXiOvK_S9THfTSxNI2Xjm-O5C7pGKvzGhjZW1CTChuw/viewform?usp=sf_link

❤️ 30-may kuni barchangiz bilan uchrashuvni sabrsizlik bilan kutib qolamiz!
🌐 Tadbirda qatnashish imkoniyati bo‘lmagan hududlardagi ishtirokchi qizlar va mentorlar uchun tadbir Zoom orqali onlayn translyatsiya qilinadi.