03 Iyun 2022

Qiziqarli «ilmiy detektiv» formatida nanosun’iy yo’ldoshni qidirish haqida video

31-may kuni Tech4Impact NNT tomonidan Innovatsion rivojlanish vazirligi, UNICEF va O‘zbekistonda Bolalar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash assotsiatsiyasi ko‘magida har yili tashkil qilinadigan “Ayollar fan va texnologiyalar sohasida” Haftaligi doirasida Girls in STEM Day, “STEMda qizlar kuni” tadbiri o‘tkazildi.

UniSat koordinatori Nora Rahimova va UniSat ishtirokchilari: Nodira Tillaeva, Kamilla Sonkina, Diyora Daminova va Sevara Abdullaeva 8-may kuni O‘zbekistonning Navoiy viloyatida uchirilgan nanosun’iy yo‘ldoshni ko‘rsatishdi va nanosun’iy yo‘ldosh tomonidan olingan ma’lumotlar haqida so‘zlab berishdi.

Qiziqarli «ilmiy detektiv» formatida nanosun’iy yo’ldoshni qidirish haqida videoni tomosha qiling: