17 May 2022

UniSat Uzbekistan 2022 dasturning yakuniy bayram tadbiri

UniSat Uzbekistan 2022 bitiruvchilari, sizni dasturning yakuniy bayram tadbirida ishtirok etishga taklif qilamiz!

Dastur natijalarini sarhisob qilamiz, “Girls in STEM Day”ni birgalikda nishonlaymiz va onlayn treningni tugatgan barcha ishtirokchilarga sertifikatlarni topshirish marosimini oʻtkazamiz. TOP-20 ishtirokchilari uchirilish natijalari haqida gapirib berishadi, shuningdek, ma’lumotlar, nanosun’iy yo‘ldoshlar, kosmik chiqindilar va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha bir nechta qiziqarli sessiyalar bo‘lib o‘tadi.

Barchangizni ko’rishni intiqlik bilan kutamiz!

Sana: 31-may, seshanba
Vaqt: 14:00
O‘tkaziladigan joy: Innovatsion rivojlanish vazirligi

Ko’rishguncha!