27 Aprel 2022

O‘zbekiston hududidan nanosun’iy yo‘ldosh 8-may kuni uchiriladi!

TOP-20 ishtirokchilari vaqtni behuda sarflamasdan va nazariyani o‘rganishda davom ettirishyapti. Kelgusi haftada ular mutaxassislar bilan birgalikda parvoz rejasini tuzib, nanosun’iy yo‘ldoshga o‘rnatiladigan datchiklarni tanlashadi. Yangiliklarni kuzatib boring!

Sana: 8-may, 2022-yil
Uchirish joyi: Navoiy viloyati

UniSat – Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonning mintaqaviy loyihasi. O‘zbekistonda dastur Tech4Impact NNT, UNICEF va Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan amalga oshirilmoqda.