26 May 2023

XKSga SpaceX kompaniyasi tomonidan uchirilgan Ax-2 missiyasi tarkibida parvoz qilgan biolog Rayana Barnavining tadqiqotlaridan ilhomlangan UniSat 2.0 ishtirokchilari kosmosda biotibbiyot sohasida olib borilgan tadqiqotlarni o‘rganishdi

XKSga SpaceX kompaniyasi tomonidan uchirilgan Ax-2 missiyasi tarkibida parvoz qilgan biolog Rayana Barnavining tadqiqotlaridan ilhomlangan UniSat 2.0 ishtirokchilari kosmosda biotibbiyot sohasida olib borilgan tadqiqotlarni o‘rganishdi. Xususan, qizlar butkempda yig‘ilgan kubsatni uchirish missiyasini bo‘lg‘usi orbital biolaboratoriyalar va agroplantatsiyalar bilan bog‘lashdi.

Buning uchun O‘zbekiston Xalqaro molekulyar allergologiya va aerobiologiya markazining olimlari Yuliya Levitskaya va To‘rabek Shodmonov bilan birga kubsatda biomaterialning tajriba namunalari ham uchirildi. Ular muvaffaqiyatli qo‘nganidan keyin Rossiya va Qozog‘istonning olim allergologlarini jalb qilgan holda o‘rganish uchun laboratoriyaga taqdim etildi.

Mikroorganizmlar, urug‘lar va niholchalarning namunalari hozir qizlar tomonidan bir guruh olimlar nazorati ostida o‘rganilmoqda. UniSat 2.0 ishtirokchilarining so‘zlariga ko‘ra, qizlar uchun kosmik fanlar sohasida katta salohiyat ochilmoqda. Biz kosmik biolaboratoriyalarni testdan o‘tkazishni, vaznsizlik sharoitlarida genlarni tahrir qilish bo‘yicha materiallarni o‘rganishni, organlarning 3D-bosib chiqarilishini, qarishga qarshi vositalar va boshqa ko‘plab tadqiqotlarni rejalashtirganmiz. Kim biladi, ehtimol, parvoz qilish tarixiga ega o‘simliklarimiz yerliklar va astronavtlarni oziq-ovqat bilan ta’minlaydigan bo‘lg‘usi orbital plantatsiyalar uchun prototipga aylanar.