16 Mart 2023

Space Talk Battle

Space Talk Battle 
18-mart kuni soat 18:00-20:00 da UniSat 2.0 o‘quv modulining yakuniy uchrashuvi o‘tkaziladi, unda biz tanqidiy fikrlash va koinot haqidagi afsonalar haqida so‘z yuritamiz.

Ilmiy “batl”
Fazo haqidagi bahs-munozarali mavzular bo‘yicha jamoamizga hamda Qozog‘iston va Qirg‘izistonlik qizlarga qo‘shiling.

Spikerlar:

– Akmal Salixov, VRonica virtual voqelik kompaniyasining rahbari, Westminster University o‘qituvchisi
– Nora Raximova UniSat loyihasining koordinatori, qizlar uchun STEM loyihalar targ‘ibotchisi.

Quyidagilarni muhokama qilamiz:

– Yer tekis
– Qora Mat va odamzotning kelib chiqishi
– Sun’iy intellekt – mashinalar isyoni
– Nega kelajak tanqidiy fikrlash tomonida

Biz juda munozarali mavzularni muhokama qilamiz, kosmos haqidagi ko‘plab xato fikrlar sababini tahlil qilamiz hamda afsonalarga ilmiy dalillar bilan chek qo‘yamiz.

Oramizda Yer tekis, yassi lagan shaklida degan fikrga qo‘shiladiganlar, kosmos haqidagi kino ishqibozlari va ilmiy tadqiqotlar tarafdorlari ham bor. Bizga qo‘shiling va o‘z fikringizni bildiring!