UniSat – bu O‘zbekiston qizlari uchun qiziqarli tanlov bo‘lib, unda siz fazoviy texnologiyalar, radioelektronika, dasturlash, Yerning fazodan olingan tasvirlarini qabul qilish va ularga ishlov berish texnologiyalari va yo‘ldoshli meteorologiya haqida ko‘plab qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.
Bo‘lg‘usi karerangiz va o‘qishingiz uchun muhim bo‘lgan bilimlar va ko‘nikmalarga ega bo‘lish uchun ro‘yxatdan o‘tishga ulgurib qoling.
Eng yaxshi mentorlar, muhandislar va amaliyotchilar yangi bilimlarga va jamoada ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishingizga yordam beradi
4 oy davom etadigan onlayn va offlayn seminarlar, amaliy ishlar
turnir g‘olibalari xalqaro muhandislar, olimlar va fazo tadqiqotchilari bilan bir jamoada CubeSat nanosun’iy yo‘ldoshini yig‘ish bo‘yicha stajirovkadan o‘tadi
2025-yil yozida qizlarning 2 ta ekipaji ilmiy tajribalar bilan birga o‘zlari yig‘gan CubeSat nanosun’iy yo‘ldoshini Orol dengizi tubidan stratosferaga uchirish bo‘yicha musobaqalarni o‘tkazadi
Muhandis, olim, konstruktor, matematik, IT-mutaxassis bo‘lishga qiziqyapsizmi? UniSat dasturida qatnashish sizga O‘zbekistonning va dunyoning eng yaxshi oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishga yordam beradi!
Biz O‘zbekistonning barcha hududlaridan qizlarni ushbu noyob dasturda qatnashishga taklif etamiz! Agar siz fazo haqida orzu qilgan bo‘lsangiz, unda orzularingiz real voqelikka aylanishi mumkin! Biz haqiqiy nanoyo‘ldoshni yig‘amiz va uni stratosferaga uchiramiz. Qo‘shiling!
Yoshi 15 dan 24 gacha bo‘lgan 150 nafar qiz O‘zbekistonning barcha hududlaridan to‘planadi
4 oy davom etadigan seminarlar, vazifalarning bajarilish yakunlariga qarab, 20 nafar eng yaxshi ishtirokchi qizni saralab olish
CubeSat nanosun’iy yo‘ldoshini Toshkentdagi laboratoriyada yig‘ish va xalqaro jamoalar bilan birga yo‘ldoshsozlik bo‘yicha turnirda qatnashish
Stratosferaga uchirish va ilmiy hisobotni chop etish uchun ma’lumotlarni tahlil qilish
Space Talent dasturi doirasida loyihalashtirish, ishlab chiqish, yig‘ish, testdan o‘tkazish
Rejalashtirish
Ishlab chiqish
Yaratish
Uchirish
Dastur O‘zbekistonda quyidagilar tomonidan tashkil qilindi:
Seminarlarda ishlarning barcha bosqichlaridan o‘tasiz: nanoyo‘ldoshni loyihalashtirish, dasturlashtirish, testdan o‘tkazish, yig‘ish va uchirish, jamoada ishlash, nanoyo‘ldosh tomonidan olingan ma’lumotlarni tahlil qilish