O‘zbekistonda ilk bor qizlarning kosmonavtika sohasiga qiziqishini oshirish uchun dastur o‘tkaziladi! Bo‘lajak karerangiz hamda o‘qishingiz uchun muhim bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish maqsadida ro‘yxatdan o‘tishga ulgurib qoling.
Muhandis, olima, konstruktor, matematik, IT-mutaxassis bo‘lishga qiziqishingiz bormi? UniSat dasturida qatnashish sizga O‘zbekiston va dunyoning eng yaxgi oliy o‘quv yurtlariga kirishga yordam beradi!
Eng yaxshi mentorlar, muhandislar va amaliyotchilar yangi bilimlarga va jamoada ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishingizga yordam beradi
4 oy davom etadigan onlayn va offlayn seminarlar, amaliy ishlar
20 nafar eng yaxshi ishtirokchi qiz uchun 10 kun Almati shahrida davom etadigan nanoyo‘ldoshni yig‘ish bo‘yicha stajirovka
2022-yil 8-may kuni yig‘ilgan nanoyo‘ldoshni stratosferaga uchirish!
Biz O‘zbekistonning barcha hududlaridan qizlarni ushbu noyob dasturda qatnashishga taklif etamiz! Agar siz fazo haqida orzu qilgan bo‘lsangiz, unda orzularingiz real voqelikka aylanishi mumkin! Biz haqiqiy nanoyo‘ldoshni yig‘amiz va uni stratosferaga uchiramiz. Qo‘shiling!
Yoshi 15 dan 24 gacha bo‘lgan 150 nafar qiz O‘zbekistonning barcha hududlaridan to‘planadi
4 oy davom etadigan seminarlar, vazifalarning bajarilish yakunlariga qarab, 20 nafar eng yaxshi ishtirokchi qizni saralab olish
Almatiga oliy o‘quv yurtiga safar, Qozog‘iston va Qirg‘izistonlik ishtirokchilar va mentorlar bilan tanishuv, nanoyo‘ldoshni yig‘ish bo‘yicha praktikum
Laboratoriyalarda ishlash va 2022-yil 8-mayda nanosun’iy yo‘ldoshni uchirish
Unisat Nano-satellite Educational Programme for Girls (UNEPG) doirasida loyihalashtirish, ishlab chiqish, yig‘ish, testdan o‘tkazish
Rejalashtirish
Ishlab chiqish
Yaratish
Uchirish
Dastur O‘zbekistonda quyidagilar tomonidan tashkil qilindi: