“UniSat Uzbekistan” va “Technovation Girls Uzbekistan” dasturlarimizning yakuniy tantanali tadbiri
Barcha ishtirokchilar, mentorlar va ota-onalar diqqatiga!
Sizni «Women In Tech & Science Week» doirasida biz bilan «GIRLS IN STEM DAY» bayramini nishonlashga taklif qilamiz!
31-may kuni soat 14:00da “UniSat Uzbekistan” va “Technovation Girls Uzbekistan” yoshlar dasturlarimizning yakuniy tantanali tadbiri bo‘lib o‘tadi!
Tadbir dasturida:
- Technovation Girls loyihalari ko’rgazmasi.
- UniSat nanosun’iy yo’ldosh dasturi natijalari va nanosun’iy yo’ldoshdan olingan ma’lumotlar tahlili natijalari taqdimoti.
- Technovation Girls Uzbekistan-2022 dasturi natijalari.
- “Kosmik chiqindilar – ekologik muammodir”.
- Iqlim o’zgarishi va ma’lumotlar haqida munozara.
- Technovation Girls Uzbekistan ishtirokchilari va mentorlari bilan suhbat.
- UniSat Uzbekistan va Technovation Girls Uzbekistan dasturlarining sertifikatlari taqdimoti.
Sana: 31-may (seshanba)
Vaqt: 14:00
O‘tkaziladigan joy: Innovatsion rivojlanish vazirligi, Toshkent sh.
Roʻyxatdan oʻtish uchun quyidagi havolaga oʻting:
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfCsMP1O58oqCXyC5jvdEh94P_v_lQFOUT7OQJcfhSmT67SzA/viewform?usp=sf_link
Barchangizni 31-may kuni ko’rishni intiqlik bilan kutamiz!
Ishtirok eta olmaganlar uchun tadbir Zoom orqali onlayn translyatsiya qilinadi.