25 Noyabr 2022

Kuzatuvlar – astronomiya sohasidagi asosiy axborot manbaidir

Nurjamal Berdaliyeva – O’zR Fanlar akademiyasi Astronomiya institutining kichik ilmiy xodimi. Ilm-fan tufayli jahonning ilg‘or mamlakatlarida bo‘lgan. 10 yillik stajga ega fizika va astronomiya o‘qituvchisi. “Nauka i jizn Uzbekistana” (“O‘zbekistonda fan va turmush”) ilmiy-ommabop jurnali tahririyati hay’atining tarkibida faoliyat ko‘rsatadi.

28-noyabr kuni UniSat 2.0 dasturining ochilish marosimida “Koinot Yer va fazodan nazar tashlaganda. Insoniyat astroko‘zi” mavzusidagi ma’ruzani o‘tkazadi. Unda astronomik kuzatuvlarning o‘ziga xos jihatlari, inson Koinot ichkarisiga qay darajada chuqur nazar tashlagani haqida so‘z boradi.

Tadbir Innovatsion rivojlanish vazirligida 28-noyabr kuni soat 14:00 da o‘tkaziladi.

Ro‘yxatdan ushbu havola bo‘yicha o‘tiladi: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdi6BxQnbCP79qX5ApubfwIPI_yeoOfrxlqqjgGiumY4NE7UQ/viewform?usp=sf_link