28 Dekabr 2022

Muhim e’lon!

Muhim e’lon!

UniSat 2.0 qizlar uchun STEM-dasturiga ro‘yxatdan o‘tish 4-dekabrda yopilgan. Mashg‘ulotlar (vebinarlar) 29-noyabrda boshlangan. Ammo biz hamon dasturda qatnashishga ro‘yxatdan o‘tish uchun so‘rovlarni olyapmiz.

UniSat 2.0 — bu Tech4Impact NNT, UNICEF, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining hamkorlikdagi dasturi.

Biz dasturga bo‘lgan qiziqishni tushunamiz va, tashkilotchilar sifatida, har doim qizlarning yangi bilimlar olishga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlaymiz. Faolligingiz uchun rahmat!

Shu bilan birga, biz dastur boshlanganidan keyin 1 oydan so‘ng yangi ishtirokchilarni qabul qila olmaymiz.

Agar siz ro‘yxatdan o‘tishga yoki UniSat 2.0 ishtirokchilarining guruhiga qo‘shilishga ulgurmagan bo‘lsangiz, vebinarlarimizga ulana olmaysiz yoki ularning yozuvlarini ko‘ra olmaysiz. Buning uchun https://t.me/+ooQY4mpj5FBkMzAy telegram-guruhiga qo‘shiling (bu yerda vebinarlarga havolalar va vebinarlarning yozuvlari joylashtiriladi).

Afsuski, biz tanlovga faol rejimda qo‘shilishga ruxsat bera olmaymiz, chunki bu o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tgan va bir oydan beri vazifalarni bajarib, faol qatnashayotgan ishtirokchilarga nisbatan adolatsizlik bo‘ladi.

Ammo siz seminarlarda qatnashgan holda (reytingsiz, uy vazifalari uchun ballarsiz, ishtirok haqidagi sertifikatsiz va nanosun’iy yo‘ldoshni uchirish uchun TOP-20 ishtirokchi qizlar safiga qo‘shilish imkoniyatisiz) yangi bilimlarga ega bo‘lishingiz mumkin. UniSat  dasturining keyingi mavsumida ro‘yxatdan o‘tish vaqtini o‘tkazib yubormang!

Agar savollaringiz bo‘lsa — tashkilotchilarning aloqa ma’lumotlari www.unisat.uz saytida ko‘rsatilgan.