7-yanvar kuni (shanba) soat 18:00 da bizning 2023-yildagi birinchi vebinarimiz o‘tkaziladi, bu “O‘zbekkosmos” agentligi
7-yanvar kuni (shanba) soat 18:00 da bizning 2023-yildagi birinchi vebinarimiz o‘tkaziladi, bu “O‘zbekkosmos” agentligi (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadiqiqotlar va texnologiyalar agentligi)ning vakili bilan onlayn-uchrashuv bo‘ladi.
Spiker: Muxiddin Ibragimov, Aerokosmik faoliyat va infratuzilmani rivojlantirish boshqarmasining boshlig‘i.
✅ Unda quyidagilar haqida bilib olasiz:
• “O‘zbekkosmos” qanday loyihalar bilan shug‘ullanmoqda va O‘zbekistonda hozir qaysi kosmik texnologiyalar ishlayapti;
• “O‘zbekkosmos” karyera borasida nimalarni taklif etadi;
• Agentlik sun’iy yo‘ldoshlar va ulardan olingan ma’lumotlar bilan qanday ishlaydi.
✨ Vebinar rus va o‘zbek tillarida (sinxron tarjima bilan) o‘tkaziladi. Agar O‘zbekiston kosmik sohasining bir qismiga aylanishni orzu qilayotgan bo‘lsangiz, unda mehmonimiz uchun savollarni tayyorlab qo‘ying!