24 Iyul 2025

“UniSat” davom etadi! Sunʼiy yo‘ldosh tuzilmasini chuqurroq o‘rganishga kirishamiz

Keyingi mashg‘ulotda “UniSat” nimalardan tashkil topganini ko‘rib chiqamiz:
— sunʼiy yo‘ldosh tarkibiga qanday kichik tizimlar kiradi
— ular qanday vazifani bajaradi va birgalikda qanday ishlaydi
— ularni “CAD.Onshape” yordamida CubeSat modelida qanday aks ettirish mumkin

💡 Siz shunchaki korpusni emas, balki har bir qismi muhim vazifani bajaradigan butun bir funksional tizimni ko‘rishni o‘rganasizlar. 3D-modellashtirishni davom ettiramiz va muhandislik tafakkurini kuchaytiramiz!

📅 25-iyul (juma)
🕖 Soat 19:00 da boshlanadi (Toshkent vaqti bilan)
🌐 Tillar: RU / UZB
👨‍🏫 Spikerlar: Eldar Appazov va Diyor Mirzayev

📌“Zoom”ga havola chatda eʼlon qilinadi. O‘z vaqtida ulaning!