27 Iyul 2025

“UniSat Stage 3” ishtirokchilari qo‘shimcha imkoniyatni qo‘ldan chiqarmang!

 

“UniSat Stage 3” ishtirokchilari qo‘shimcha imkoniyatni qo‘ldan chiqarmang!
Siz O‘zbekistonni Moskvada bo‘lib o‘tadigan Orbita Challenge Xalqaro kosmik turnirida taqdim etishingiz mumkin 🇷🇺

📅 Qachon: 19–25 avgusta 2025
🌍 Turnirda 10 dan ortiq mamlakatdan jamoalar qatnashadi. O‘zbekistonni 5 ta qizdan iborat jamoa taqdim etishi mumkin, xususan:
— 14-18 yoshdagi maktab o‘quvchilari
— 21 yoshgacha bo‘lgan talaba qizlar (ko‘pi bilan 2 nafar ishtirokchi qiz)

 

🛰 Jamoa ilmiy tajriba o‘tkazadi, “3U CubeSat”ni 24 km balandlikka uchiradi.

 

📌 Buni bilish muhim:
— Saralash “TOP-20 UniSat”ga taʼsir ko‘rsatmaydi
— Ishtirokchi qizlar rus va ingliz tillarini bilishlari lozim
— Chet elga chiqish pasporti bo‘lishi shart

 

💸 Tashkilotchilar Moskvada yashash, ovqatlanish va shahar bo‘ylab transferni taʼminlaydi.
Aviachiptalar va aeroportdan mehmonxonagacha bo‘lgan yo‘l ishtirokchi tomonidan to‘lanadi.
Shuningdek, safardan oldin 5 kun Toshkentda yashash va tayyorlanish kerak bo‘ladi (o‘z hisobingizdan) .

 

🔗 Batafsil: https://spaceeducation.info/ru/orbita/
📝 Shaklni faqat ota-onangiz rozi bo‘lganidan keyingina to‘ldiring https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfrV-uInF4U9Q_d8qF6ZIDT5Za-UcHAw-k_u-UJNYTKkO5CXQ/viewform?usp=sharing&ouid=108933741514333203198
📆Arizalarni taqdim etish dedlayni: 28-iyul soat 21:00 gacha