01 Avgust 2025

«UniSat Stage 3» dasturida o‘qishning birinchi oyi yakunlandi — sizlarga barakalla deymiz!

Har biringiz 3D-modellashtirishni o‘rganish kabi qiyin yo‘lni bosib o‘tdingiz. Ortga chekinmadingiz, mashg‘ulotlarni tashlab qo‘ymadingiz, oxirigacha aʼlo natijalar bilan yetib bordingiz. Shuning o‘zi bir g‘alaba!

 

🏆 Trenerlarimiz qayd etgan iyul oyining yetakchilarini tabriklaymiz:
1. “Lunokot” jamoasi
2. “Amalthea” jamoasi
3. “RonaCosmic” jamoasi

 

Sizlar yaxshi bilimlarni, barqaror ishni va jamoaviy ruhni namoyish etdingiz!

🌟 Ammo hammasi endi boshlanadi. Keyingi oy “Kreativ fazo” shiori ostida o‘tadi – sizlarni yana-da qiziqarliroq vazifalar va loyihalar kutmoqda.

🎁 Aytgancha, yana bir yoqimli sovg‘a:
“Conex Research”kompaniyasida faoliyat ko‘rsatuvchi mehmonimiz va hamkorimiz Alisa Zaripova uchrashuvda qiziqarli savollarni berganeng faol ishtirokchi qizlar uchun kichikroq sovg‘alar yuborgan.

 

🎤 Sovg‘alar ushbu jamoalarga taqdim etiladi:
1. Hurriyat / Nebula
2. SHE / niginaaaa
3. Cassiopeia Nebula

 

📦 Iltimos, sizlarga sovg‘alarni yubora olishimiz uchun pochta manzilingizni @noraairlines koordinatorga yozib yuboring.

Hammangizni tabriklaymiz va keyingi bosqichga tayyorgarlik ko‘ramiz 🚀