04 Noyabr 2025

3-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan Space Fest tadbirida UniSat finalchilari 2024-yil 4-oktabr kuni Qoraqalpog‘istondagi Shеge qishlog‘ida uchirilgan ikki dona 3U CubeSat formatidagi nanosputnikni taqdim etdilar va uchirish natijalariga oid ma’lumotlarni taqdim qildilar.

 

🛰 UniSat dasturining avvalgi uch mavsumidagi uchirilgan nanosputniklar ichida birinchi marta nanosputnik stratosferaga 27 km balandlikka ko‘tarildi.

 

Ishtirokchilar ikki jamoaga bo‘linib, har biri o‘zining ilmiy tajribasini o‘tkazdi va natijalar festivolda taqdim etildi.

 

✳️ Pixie jamoasi nanosputnikni quyidagi namunalar bilan uchirdi: banan va kivi DNKsi, xamirturush madaniyatlari, un qurti lichinkalari, va bir nechta nazorat materiallari (yod, grafit, silikagel va boshqalar). Telemetrya va sensorlarda qisman nosozliklarga qaramay, tajriba natijalari quyidagilarni ko‘rsatdi: DNK namunalarida o‘zgarish kuzatilmadi, xamirturushlar parvozdan so‘ng faol bo‘lib qoldi, un qurtlari esa omon qolmadi — ehtimol, haddan tashqari qizib ketgani sababli. pH darajasida yoki radiatsion ta’sir belgilari aniqlanmadi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, qisqa muddatli stratosfera parvozi biologik o‘zgarishlarga minimal ta’sir ko‘rsatadi, lekin kelajakdagi uchirishlarda yaxshiroq issiqlik chegarasi nazorati va sensorlarni dublikatlash zarur.

✳️ Space Chicks jamoasi ikkita bedana tuxumi va turli moddalar bilan ishlangan zamburug‘ sporalarini, hamda quruq va ho‘l mog‘or madaniyatlarini stratosferaga uchirdi. Birinchi tuxum 3D-printerda chiqarilgan maxsus panjara ichiga joylashtirildi — konstruktsiyaning mustahkamligini tekshirish uchun. Ikkinchi tuxum esa penomaterialga joylashtirildi — past bosim, radiatsiya va ekstremal haroratlar oqibatlarini o‘rganish uchun. Natijalar: Birinchi tuxum butunligicha saqlanib qoldi, bu konstruktsiyaning ishonchliligini tasdiqladi. Ikkinchi tuxumda oqsil tuzilmasi va rangi o‘zgargan, bu denaturatsiya jarayonini ko‘rsatdi. Mog‘or namunalari muvaffaqiyatli o‘sgan — ho‘l va quruq madaniyatlar o‘rtasida sezilarli farq kuzatilmadi. Tajriba stratosferaning ekstremal sharoitlariga biologik tizimlarning yuqori chidamliligini ko‘rsatdi (harorat o‘zgarishi, radiatsiya, mexanik ta’sir), shu bilan birga kelajak missiyalari uchun yaxshiroq termoizolyatsiya va bio-namunalarga monitoring zarurligini ta’kidladi.