26 Oktyabr 2026

Qabul boşlandi: “UniSat 4.0” dasturiga xuş kelibsiz

Öz nanosun’iy yöldoşingizni yiğib, uni stratosferaga uçiring!

“UniSat” törtinçi bor qaytmoqda! “UniSat” – Özbekistonning barça hududlarida yaşovçi 15-24 yoşli qizlar uçun bepul muhandislik dasturi. Tört oy davomida siz “CubeSat nima?” degan savoldan boşlab, haqiqiy nanosun’iy yöldoşni uçirişgaça bölgan jarayon bilan tanişasiz. Oldindan tajribaga ega böliş şart emas, barça bilim va könikmalarni noldan boşlab örganasiz!

🔹 Sizlarni nimalar kutmoqda:
✅ Mahalliy va xalqaro ekspertlar iştirokidagi onlayn treninglar;
✅ Kosmik texnologiyalar, elektronika, dasturlaş, 3D-modellaştiriş va ma’lumotlar tahlilini örganiş;
✅ Haqiqiy CubeSat nanosun’iy yöldoşi bilan işlaş;
✅ 2027-yil bahorida nanosun’iy yöldoşning stratosferaga parvozini amalga oşiriş!

👩‍🚀 Dastur yakunida eng yaxşi 20 nafar iştirokçi ekipajdan joy oladi: biz Toşkentda offlayn-butkemp ötkazamiz. Bu yerda siz öz CubeSat yöldoşingizni yiğasiz va ilmiy tajribalaringizni rejalaştirasiz. Butkempdan söng nanosun’iy yöldoşni uçiriş uçun Qoraqalpoğistonga yöl olasiz.

🌐Iştirok etiş uçun arizani Telegram-bot orqali yuboring: https://t.me/unisat_reg_bot

“UniSat 4.0” dasturi “Tech4Impact” NNT va UNICEF tomonidan Özbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi (“Uzcosmos”) bilan hamkorlikda ötkazilmoqda.

Uşbu taşabbus Yevropa Ittifoqi tomonidan “Özbekistonda xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytiriş” qöşma dasturi doirasida moliyalaştirilib, UNFPA, UN Women va UNICEF tomonidan Özbekiston Hukumati bilan yaqin hamkorlikda, Özbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda “Uzcosmos” agentligi kömagida amalga oşirilmoqda.