UniSat 3-bosqichiga ariza topshirsangiz, sizni nima kutmoqda?
1. Onlayn tanlov – motivatsion topshiriqlar va birinchi o‘quv mashg‘ulotlari;
2. Asosiy kurs – mentorlar bilan onlayn o‘qitish, jamoaviy ishlash, mini-loyihalar;
4. Oflayn bosqich – 20 nafar eng yaxshi ishtirokchi Toshkentdagi kosmik texnologiyalar laboratoriyasida 3U CubeSat yig‘adi;
Uchirish – 2025-yilning kuzida sun’iy yo‘ldoshlar Orol dengizi hududidan stratosferaga uchiriladi.
Har bir bosqich – bu yangi narsalarni o‘rganish va kosmik texnologiyalar sohasidagi haqiqiy ishlarga yaqinlashish imkoniyatidir.
Arizalarni qabul qilish 5-iyulda yakunlanadi – imkoniyatni qo‘ldan boy bermang.