“UniSat-1” ishtirokchilari — aloqada!
11-iyul kuni (juma) soat 19:00 da zoom servisida uchrashamiz.
Ular sunʼiy yo‘ldoshni shunchaki uchirmaydi, ular kelajakni o‘zgartiradi! “UniSat” dasturi bo‘yicha o‘qiyotgan qizlar o‘zlarining aerokosmos sohasidagi tajribasi bilan o‘rtoqlashadilar va quyidagilar haqida gapirib beradilar:
🔹 Sunʼiy yo‘ldoshlar qanday qilib iqlim o‘zgarishiga moslashishga yordam beradi
🔹 Ular fazodan turib nimalarni ko‘radi – va bu nima uchun muhim
🔹 Orbital mexanika qanday ishlaydi
🔹 Sunʼiy yo‘ldoshlarda issiqlik va suyuqlik tizimlari nima
🌐 Bugun ertangi kun texnologiyalarini yaratayotgan qizlarning o‘zlari haqidagi hikoyalarini tinglash imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
Spikerlar : Diyora Daminova, Nodira Tillayeva