22 Iyul 2025

1-Modelni o‘rganishda davom etamiz — 3D-modellashtirishni o‘zlashtiramiz!

“UniSat Stage 3” dasturining keyingi mashg‘ulotida CubeSat korpusining eskizini yaratish uchun “CAD.Onshape” platformasining ishchi vositalaridan qanday foydalanishni bilib olasizlar. Bu muhim ko‘nikma bo‘lib, u sunʼiy yo‘ldoshni yig‘ishda ham, har qanday muhandislik yoki dizayn-vazifani bajarishda ham asqotadi.

🔧 Mavzu: 3D-modellashtirish asoslari. CubeSat korpusining eskizini yaratish uchun vositalar
📅 22-iyul (seshanba)
🕖 Soat 19:00 da boshlanadi (Toshkent vaqti bilan)
🌐 Tillar: RU / UZB
👨‍🏫 Spikerlar: Eldar Appazov va Diyor Mirzayev

Kechikmasdan ulaning! “Zoom”ga havola chatda eʼlon qilinadi 📩