“UniSat Stage 3” dasturi doirasida ilhomlantiruvchi uchrashuv!
Ilm-fan sohasidagi yo‘li sizlar uchun haqiqiy mashʼalaga aylanishi mumkin bo‘lgan mehmon bilan motivatsion vebinarga taklif etamiz.
🎙 Spiker: Alisa Zaripova
🔹 “Conex Research”da Planetary Scientist
🔹«Obrazovaniye Budushego» (“Kelajak taʼlimi”) MCHJ da rivojlanish va xalqaro munosabatlar bo‘limi rahbarining o‘rinbosari
Alisa o‘zining kosmik tadqiqotlar sohasidagi ish tajribasi bilan o‘rtoqlashadi, ilm-fan sohasidagi karyerasi, bu boradagi shubha-gumonlarni qanday yengib o‘tgani hamda fan va taʼlim sohasidagi xalqaro loyihalarni qanday tuzish kerakligi haqida gapirib beradi.
📅 Sana: 26-iyul (shanba)
🕖 Soat 19:00 da boshlanadi (Toshkent vaqti bilan)
🌐 Tillar: RU / UZB
📍 “Zoom”ga havola guruhda eʼlon qilinadi.