03 Oktyabr 2025

UniSat Stage 3: loyihalarni yakuniy bosqichi va uchirishga tayyorgarlik

 

UniSat ishtirokchilari loyihalarini yakuniy bosqichga yetkazmoqda: ilmiy tajribalarni tekshirmoqda, ekspress tadqiqotlarni ekspertizadan o‘tkazmoqda va uchirishga tayyorlamoqda.

 

Bu orada yig‘ilgan CubeSat’lar allaqachon Qoraqalpog‘istonga yetkazildi va uchirish nuqtasiga yo‘l olmoqda. Bugun jamoalar Nukusga yo‘l olishmoqda, ertaga esa nano-sun’iy yo‘ldoshlarning uchirilishi bo‘lib o‘tadi! 🚀

 

✨ «Roscosmos»ning ta’lim bo‘linmasi mutaxassislari Alisa Zaripova va Vladislav Fedyanin ham jarayonga qo‘shildi: ular finalchilarning loyihalarini muhokama qilmoqda va foydali yukni joylashtirish bo‘yicha konstruktiv yechimlarni baholamoqda.

 

📚 Dastur doirasida, shuningdek, xalqaro kosmik ilmiy yutuqlar bo‘yicha workshop va maktab o‘quvchilari hamda talabalar kosmik loyihalari sessiyasi ham o‘tkazildi. Unda kosmik apparatlar uchun quyosh panellari ishlab chiqish ishlari muhokama qilindi.

 

🙏 Amerika Texnologiya Universitetiga Bootcamp uchun joy va barcha sharoitlarni yaratib bergani uchun alohida minnatdorchilik bildiramiz.