1. G‘oliblarni aniqlash

    1.1. UniSat Uzbekistan STEM-dasturining (quyida «Dastur») g‘oliblarini aniqlash uchun tashkilotchilar tomonidan tanlov komissiyasi tuziladi.

    1.2. Tanlov komissiyasi tarkibiga instruktorlar, spikerlar va Dastur tashkilotchilarining (UNICEF, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Tech4Impact) bittadan vakili kiradi.

    1.3. Dastur o‘tkazilishi yakunlari bo‘yicha tanlov komissiyasi uz saytidagi reyting asosida 20 (yigirma) nafar g‘olibni aniqlaydi, ular sovrin sifatida 2022 yil mart oyida Almata shahriga (Qozog‘iston) borish va  O‘zbekistonda nanosun’iy yo‘ldoshni uchirish safariga borish (aprel-2022) imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

    1.4. TOP-20 talik reytingidan ilk 20 nafar ishtirokchi qiz (maksimal ballarga ega) saralab olinadi , bu ularning safarga xabarli roziligini, ota-onalarining roziligini olish va safarga chiqish imkonini bermaydigan sog‘liq bo‘yicha hech qanday qarshi ko‘rsatmalar yo‘qligi bilan amalga oshiriladi.  Agar TOP-20 reytingiga kirgan ishtirokchilardan birortasi safardan voz kechsa, uning o‘rni reytingdagi boshqa ishtirokchi qizga beriladi (№21, va boshqalar).

    1.5. Tanlov komissiyasining qarori qayta ko‘rib chiqilmaydi.

    1.6. TOP-20 talik g‘oliblarini aniqlash ishlari quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
    – ishtirokchi qizlar Unisat o‘quv modulining vebinarlari mavzulari bo‘yicha 20 ta savoldan iborat final onlayn-testini bajaradi;
    Accelerator.uz platformasida  avtomat tarzda uy vazifalarining bahosi, faollik uchun qo‘shimcha ballar (video, offlayn tadbirlarda va vebinarlarda qatnashish) va final test yakunlari bo‘yicha har bir ishtirokchi qizning yakuniy reytingi chiqariladi;
    – reyting jadvalida eng ko‘p ball olgan ishtirokchi qizlar 20 (yigirma) taligidan iborat ro‘yxat shakllantiriladi;
    – agar ishtirokchi qizlar reyting jadvalida bir xil ball olgan bo‘lsa, unda Top-20 talikka saralash ishlari 5 ta savoldan iborat ekspress-test orqali amalga oshiriladi, u komissiya tomonidan onlayn-formatda o‘tkaziladi. Komissiya a’zolarining har biri UniSat o‘quv moduli mavzusi bo‘yicha o‘z savolini beradi va ishtirokchi qizlarning javoblarini darhol baholaydi.
    – shuningdek, komissiya 5 ta ishtirokchi qizdan iborat “zaxira ekipaji”ni ham tayinlaydi, agar kimdir Almataga (Qozog‘iston) safarga borolmasa, “zaxira ekipaji”dagi qizlar ularning o‘rniga boradi.

    1.7. Dastur g‘oliblarini aniqlash natijalari haqidagi ma’lumot ularning F.I.Sh. va/yoki jamoa nomi ko‘rsatilgan holda Dasturning rasmiy internet-resursi hisoblangan www.unisat.uz saytida joylashtiriladi. Shuningdek ushbu axborot Dasturning  Facebook, Instagram va Telegram ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida ham e’lon qilinadi.

  2. DASTURNING SOVRINLI SAFARLARIGA EGA BOLISH SHARTLARI VA TARTIBI

    2.1. Tashkilotchi Ishtirokchi qizlarni Qozog‘istonga sovrinli safar va O‘zbekistonda nanosun’iy yo‘ldoshni uchirish safaridan (quyida “Safarlar”) foydalanish tartibi haqida Ishtirokchi qizning elektron pochtasiga xabar yuborish orqali xabardor qiladi. Bundan tashqari, safar sanalari, ularni o‘tkazish protsedurasi haqidagi barcha ma’lumotlarni tashkilotchilar bilan ishchi uchrashuvlarda yoki Tashkilotchining  info@unisat.uz elektron manziliga so‘rov yuborish orqali bilib olish mumkin.

    2.2. Xabarnoma yuborilgan paytdan boshlab uch soat davomida Ishtirokchi qiz tomonidan olingan hisoblanadi. Tashkilotchi Ishtirokchi qizda xabarnomani olish uchun internetdan yoki qurilmadan foydalanish imkoniyati yo‘qligi uchun javobgar bo‘lmaydi.

    2.3. Ishtirokchi qizda Almataga (Qozog‘iston) chiqish uchun ruxsat beruvchi hujjatlar (xorijga chiqish pasporti), ota-onasining ruxsatnomasi (18 yoshdan kichik ishtirokchi qizlar uchun) mavjud bo‘lmaganida, safarga xabarli rozilik shakli taqdim etilmaganida yoki tashkilotchilar tomonidan bildirilgan muddatlarda safar uchun hujjatlar (pasportlar va xorijga chiqish pasportlari) taqdim etilmaganida, Tashkilotchi  Sovrinli safarni taqdim etishdan bosh tortish huquqiga ega.

  3. SHAXSIY MA’LUMOTLARGA ISHLOV BERISH

    3.1. Ishtirokchi qiz safar uchun hujjatlarni taqdim etar ekan, o‘zining shaxsiy ma’lumotlarini taqdim etishga va ularga  Tashkilotchi tomonidan ishlov berilishiga roziligini bildiradi.

    3.2. Ishtirokchi qiz Sovrinli safarlarda qatnashar ekan, Tashkilotchiga o‘zining shaxsiy ma’lumotlarini taqdim etishga,  ularga  ishlov berilishiga (shu jumladan, to‘plash, bir tizimga solish, yig‘ish, saqlashga (shu jumladan, shikoftlar taqdim etiladigan holatlarga)), aniqlik kiritilishiga (yangilanishiga, o‘zgartirilishiga), foydalanilishiga (shu jumladan Ishtirokchi qizlar bilan individual muloqot qilish maqsadlarida), tarqatilishiga (shu jumladan, uchinchi shaxslarga (mehmonxonalar, aviakompaniyalar) berilishiga) roziligini bildiradi.

    3.3. Ishtirokchi qiz Dasturda qatnashar ekan, Tashkilotchiga Dasturdagi ishtirok haqida, jumladan radio va televideniye uchun, shuningdek boshqa ommaviy axborot vositalari uchun intervyu olishga, intervyuni tarqatishga, yoki har qanday reklama materiallarini tayyorlash uchun safar paytida Ishtirokchi qizlarning kino- va video tasvirini amalga oshirishga, biror-bir mukofot pulini to‘lamasdan Ishtirokchi qizning tasvirini e’lon qilishga va undan foydalanishga ruxsat beradi. Ushbu rozilik Ishtirokchi qiz tomonidan dastur o‘tkaziladigan muddatga va UniSat dasturi yakunlanganidan keyin muddatsiz davrga beriladi.

Ishtirokchi qiz Safarga xabarli rozilik shaklini imzolaydi, unda yuqorida sanab o‘tilgan barcha jihatlar ko‘rsatilgan.