UniSat koinotiga xush kelibsiz ! Hurmatli qizlar, UniSat — Launch your dreams dasturi sizlarni yangi xalqaro loyihaga taklif etadi. UniSat dasturining ishtirokchi qizlari uchun jahonning eng ilg‘or texnologik universitetlarining eshiklari ochiladi. Siz NASA professorlari va muhandislari, Rossiya Kosmik tadqiqotlar agentligi, Qozog‘iston va O‘zbekiston olimlari bilan bir jamoada bo‘lasiz. Unisat — bu O‘zbekiston qizlari uchun o‘z yo‘lini topish, o‘z hayotini o‘zgartirish va o‘z kuchlarini fan va ilg‘or texnologiyalarda sinab ko‘rish uchun noyob imkoniyat.   UniSat dasturi o‘zi nima? UniSat — bu UNICEF O‘zbekiston, Tech4impact NNT va O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining hamkorlikdagi dasturi. UniSat missiyasi — qizlarda jamoada ishlash, omma oldida chiqishlar qilish, vaqtni samarali boshqarish, ijtimoiy moslashuvni oshirish bo‘yicha bilimlar va ko‘nikmalarni rivojlantirish. Bu ilm-fan, kosmik texnologiyalar, STEM-ta’limni ommalashtirish va keng jamoatchilik e’tiborini O‘zbekistonning ilg‘or yoshlari orasida texnologik sohalarda gender masalasiga jalb qilish dasturi. Ishtirokchi qizlar dasturiy va apparat ta’minotini ishlab chiqish sohasidagi yetakchi mutaxassislardan CubeSat formatidagi haqiqiy nanoyo‘ldoshni yig‘ish va uni stratosferaga uchirishni o‘rganishadi, kosmik texnikani 3D-modellashtirish, kommunikatsiyalarni boshqarishning dasturiy bloklarini loyihalashtirish bo‘yicha bilimlarga va Linux ostiga dasturlashtirish asoslariga  ega bo‘lishadi.   UniSat dasturidagi faoliyat qanday amalga oshadi?

  • Siz turli fan sohalarining ekspertlari, kosmik texnologiyalar sohasida ishlaydigan muvaffaqiyatli ayollar bilan onlayn-sessiyalarda qatnashasiz, ular sizga o‘z muvaffaqiyatlari haqidagi hikoya qiladi va qizlar uchun murabbiylarga aylanadi
  • Biz nanoyo‘ldoshlarni loyihalashtirish, dasturlashtirish va yig‘ish bo‘yicha onlayn va offlayn-seminarlarni o‘tkazamiz
  • Har biri butun O‘zbekistondan qatnashayotgan 10 nafar eng faol va mas’uliyatli ishtirokchi qizdan iborat 2 ta ekipaj ekspertlar tomonidan saralab olinadi va Toshkentda, InnoLab laboratoriyasida xalqaro ekspertlar va trenerlar ishtirokida o‘tkaziladigan UniSat nanosun’iy yo‘ldoshini yig‘ish bo‘yicha bir haftalik amaliy kursga taklif etiladi
  • 2 ta ekipajga bo‘lingan ishtirokchi qizlar mustaqil ravishda uchirish koordinatalarini hisoblaydi, PBM (Parvozlarni boshqarish markazi)ni tashkil qiladi va nanosun’iy yo‘ldoshni stratosferaga uchirish bo‘yicha Markaziy Osiyo chellenjida qatnashadi.

Qanday qilib UniSat dasturining ishtirokchisiga aylanish mumkin? Dasturda O‘zbekistonning istalgan hududidan 14 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan qizlar qatnashishi mumkin. Maxsus ma’lumot va ko‘nikmalar talab qilinmaydi. Biz sizlarni g‘aroyib sayohatga taklif etamiz. Innovatsiyalarni chetdan kuzatmang, ularni biz bilan birga yarating! Dasturda qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘ting!