11 Fevral 2023

11-fevralda Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni nishonlanadi.

11-fevralda Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni nishonlanadi.

Ushbu kun ayollar va qizlar ilm-fan va texnologiyalar hamjamiyatida muhim rol o‘ynashi haqida va ularning ishtiroki yanada kengayishi kerakligi haqida eslatmadir.

STEM-dasturlarimiz ishtirokchilarini, ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar bilan shug‘ullanayotgan barcha qizlar va ayollarni bayramlari bilan muborakbod etamiz! Sizlarga faoliyatingizda, muhim kashfiyotlaringizda, yorqin g‘oyalar va qobiliyatlaringizni namoyon etishda muvaffaqiyat tilaymiz.

Sizlarning shaxsiy namunangiz iste’dodli tadqiqotchi ayollar doirasini yanada kengaytiradi, ilm-fan sohasiga, mamlakat va dunyo rivojiga yangi istiqbollar, iste’dodlar va kreativlikni olib kiradi!