UniSat loyihasiga xush kelibsiz! Siz jamoa bilan yig‘adigan va uchiradigan nanoyo‘ldosh o‘zi nima? UniSat yo‘ldoshlari o‘quv maqsadlari uchun mo‘ljallangan va bir nechta kamera bilan jihozlangan. Kameralardan biri 4K yechimida Yerning elliptik tasvirini suratga oladi. Uchirilgan UniSat nanoyo‘ldoshlari Yerning tasvirlarini oladi hamda olimlar tahlil qilishi uchun yorug‘lik, gaz va radiatsiya tarkibi haqidagi ma’lumotlarni to‘playdi. Nimalarni o‘rganasiz?

  • Jamoani shakllantirish va vaqtni rejalashtirish;
  • Yo‘ldoshning dastlabki dizayniga va 3D modellashtirishga kirish;
  • Dasturiy ta’minot integratsiyasi va uskunalarni yig‘ish;
  • UniSat nanoyo‘ldoshini loyihalashtirish va ishlab chiqishga muhandislik yondashuvi;
  • UNISAT tomonidan qo‘llanadigan Yevropa kosmik sanoat standarti (ECSS);
  • Ma’lumotlar tahlili va boshqa ko‘plab qiziqarli fanlar

Siz bosma platalar, elektr texnikasi, kosmik injeneriya, buyumlar interneti va simsiz aloqa haqida bilimlarga ega bo‘lasiz. Siz o‘zingiz parvoz rejasini tuzasiz va O‘zbekistondagi maydondan o‘z nanoyo‘ldoshingizni aeronavigatsiya xizmatlarining mutaxassislari nazorati ostida uchirasiz. Butun dunyo bo‘ylab barcha kosmos ishqibozlari uchun ushbu ulkan voqeaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiyasi olib boriladi. Jamoamizning bir qismiga aylaning, shunda O‘zbekiston kosmik tarixining bir qismiga aylanasiz! Ta’lim moduli uchta komponentdan tashkil topgan: VEBINARLAR:

  • To‘g‘ridan-to‘g‘ri efirlar;
  • Fan va texnologiyalar sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi muvaffaqiyatli ayollar bilan uchrashuvlar;
  • Jahon kosmik agentliklarining kosmonavtlari va muhandislari bilan onlayn uchrashuvlar;
  • Savollar va javoblar sessiyalari.

KURSLAR:

  • Onlayn materiallardan foydalanish;
  • Bosma platalarni loyihalashtirish;
  • 3D modellashtirish;
  • Elektr texnikasi;
  • Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish;
  • Buyumlar interneti va boshqa fanlar

AMALIYOT:

  • Uskunani yig‘ish;
  • Uskunani testdan o‘tkazish;
  • Apparatli instrument va DT integratsiyasi;
  • Parvoz rejasi;
  • Simsiz aloqani sozlash.

E’TIBOR QARATING: Dasturda qatnashish bepul, biz O‘zbekistonning barcha hududlaridan 15 yoshdan 24 yoshgacha qizlarni taklif qilamiz. Dasturda qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘ting! 

UniSat Uzbekistan STEM-dasturining ishtirokchi qizlari orasidan g‘oliblarni tanlash to‘g‘risida Nizom