26 Yanvar 2023

28-yanvar kuni UniSat 2.0 dasturining keyingi seminarida gender tengligi va STEM-ta’lim sohasida barcha uchun teng imkoniyatlar haqida suhbatlashamiz.

28-yanvar kuni UniSat 2.0 dasturining keyingi seminarida gender tengligi va STEM-ta’lim sohasida barcha uchun teng imkoniyatlar haqida suhbatlashamiz.

 

Seminar spikeri: Kamolaxon Raxmonova, UNICEF tashkilotining gender masalalari va nogironligi bor shaxslar inklyuziyasi bo‘yicha mutaxassisi

 

Ilm-fan va texnologiyalar sohasida jins bo‘yicha tengsizlik muammosi bizning mamlakatimiz uchun ham dolzarb hisoblanadi. Bu yerda ildiz otgan ijtimoiy va madaniy normalar, stereotiplar va xatti-harakat modellari qizlarga o‘zlarining teng imkoniyatga va STEM fanlari bo‘yicha teng ta’lim olishga bo‘lgan asosiy huquqlaridan foydalanish imkonini bermaydi.

 

Bu borada O‘zbekistonda qanday dasturlar amalga oshirilmoqda, bu sohada qizlarning jalb etilish darajasi statistikasi qanday, ushbu gender tengsizligini qisqartirishga qanday yordam berishimiz mumkin – shular haqida shanba kuni o‘tkaziladigan seminarda bilib olamiz.

 

28-yanvar, shanba, 18:00, RU/UZ