11 May 2023

UniSat 2.0 dasturi Butkempining 4-kuni kubsatning barcha kichik tizimlarini tekshirishga, kubsatni yig‘ishga va uchirish uchun tayyorlashga bag‘ishlandi.

Jamoalar:

– biomaterial joylashtiriladigan foydali yuklama uchun korpusni bosib chiqarishni yakunladi. Korpus uchun PLA-plastik, ya’ni o‘simlik (makkajo‘xori) komponentlaridan tayyorlangan xavfsiz materialdan foydalanildi;
– foydali yuklama modullari uchun olimlar bilan konsultatsiyalarni o‘tkazdi;
– uchirishga tayyorlanadigan o‘simliklarning turlariga aniqlik kiritdi;
– kubsatni izlash va SMS orqali GPS-koordinatalarni kuzatish uchun Arduino bazasida dastur yozildi va testdan o‘tkazdi;
– har bir ishtirokchi qizning 13 mayda uchirish paytidagi vazifasini belgiladi.

Butkempni o‘tkazishda bergan yordami uchun INNO Texnopark’ga minnatdorchilik bildiramiz!

Ertaga UniSat 2.0 ekipaji Samarqandga parvoz qiladi, yangiliklarni kuzatib boring.