1-iyun, payshanba kuni, soat 19:00 da Oracle IT-kompaniyasining xalqaro ekspertlari bilan «CV, LinkedIn and Interview Preparation» mavzusida yakuniy seminar o‘tkaziladi.
Eva Mc Eneaney va Ellen Farnan quyidagilar bo‘yicha o‘z tavsiyalari bilan o‘rtoqlashadi:
– qanday qilib esda qoladigan rezyumeni yaratish mumkin (endigina oliy o‘quv yurtini tamomlagan va hozircha ish tajribangiz bo‘lmasa ham);
– ishga yoki stajirovkaga, ayniqsa IT-kompaniyalarda, suhbatdan o‘tishga qanday tayyorlanish kerak;
– o‘z kasbiy tajribangizni ko‘rsatish uchun LinkedIn tarmog‘ida qanday qilib ajoyib sahifani yaratish mumkin.
Amaliy maslahatlarni olish va ishbilarmonlar ijtimoiy tarmog‘ida rezyumeingizni va sahifalaringizni yaxshilash imkoniyatini qo‘ldan chiqarmang.
Seminar 1-iyun kuni soat 19:00 da ingliz tilida, o‘zbek tiliga tarjima bilan, o‘tkaziladi. Zoom-havolani telegram-guruhga yuboramiz.