17 Fevral 2023

18-fevral, shanba, 18:00 RU/UZ

Biz Marsga ekspeditsiyaga jo‘naymiz! Kosmik arxeologiya bo‘yicha mahorat darsi:””Mars-3”ni qanday izlagandik”.

Biz bilan fazo tadqiqotchisi, jurnalist, sayyoralararo parvozlar tashabbuskori va targ‘ibotchisi Vitaliy Yegorov bo‘ladi. Uning pozivnoyi – “Yashil mushuk”.

2013-yilda Mars yuzasida «Mars-3» sovet avtomatik sayyoralararo stantsiyasining qo‘nish modulini topishga muvaffaq bo‘lgan. “Apollon”lar va “Lunoxod”lar qo‘ngan joylarni tasvirga olish uchun oy mikroyo‘ldoshini yaratish loyihasining tashabbuskori.

Ertaga Vitaliy mars arxeologiyasi bo‘yicha mahorat darsini o‘tkazadi. Savollarni tayyorlang, Marsga parvoz qilamiz!

Yashil Mushukning loyihalari haqida ushbu saytda o‘qing: https://zelenyikot.com/msl-curiosity/