10 Fevral 2023

Ilm-fan sohasidagi qizlar va ayollar xalqaro kuni. Ana shu ajoyib kun sharafiga maxsus topshiriq beriladi.

Mustaqil amaliy ish, 5 ball ishlab olish imkoniyati bilan.

Shartlar:
– Ishtirokchilar «Olima ayollarning ilm-fan, texnologiyalar va jahon kosmik sohasini rivojlantirishdagi ilmiy yutuqlari» mavzusida 2-3 daqiqalik video tayyorlashlari lozim. Tarixda yorqin iz qoldirgan qaysi olima ayollar sizni ilhomlantirishi, nega o‘z videoingiz uchun aynan ularni tanlaganingizni va ushbu ayollar sizni STEM sohasini o‘rganishga qanday motivatsiya qilgani haqida gapirib bering;
– Videoingizni YouTube servisiga yuklang va Accelerator platformasining “video” bo‘limida havolasini bering;
– Video mavzusiga rioya qilish muhim.

*Video tili – istalgan tilda bo‘lishi mumkin

Shuningdek videoga misollar guruhga ham yuboriladi.

Dedlayn: 17-fevral (shu sanani ham o‘z ichiga olgan holda)

11-fevral kuni seminar bo‘lmaydi