15 May 2023

Technovation Girls va UniSat dasturlarining ishtirokchilari va mentorlari uchun Oracle IT-kompaniyasining xalqaro ekspertlari bilan seminarlar seriyasini boshlaymiz!

Karyerani rejalashtirish, to‘g‘ri CV ni tayyorlash, xalqaro IT-kompaniyasida suhbatdan o‘tish haqida so‘z yuritamiz.

Birinchi seminar 16-may seshanba kuni soat 19:00 da o‘tkaziladi.
Mavzu: Career Advice / Karyerangizni rejalashtirish va rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar.

Spiker: Alan Lawless, Generation Oracle dasturining rahbari (yosh mutaxassislar uchun stajirovkalar dasturi)

Seminar ingliz tilida o‘zbek tiliga tarjima bilan o‘tkaziladi. Zoom-havolani telegram-guruhga yuboramiz.

Savollaringizni tayyorlang!