«Tech4Impact» NNT va «Unisat» dasturimiz “Women in Tech® CCA Awards” versiyasi bo‘yicha Markaziy Osiyo va Kavkazda qizlar uchun STEM sohasidagi eng yaxshi 5 ta dastur qatoridan o‘rin oldi.
Qadrli do‘stlar, sizlar bilan ajoyib yangilikni o‘rtoqlashmoqchimiz!
⠀
«Tech4Impact» NNT va «Unisat» dasturimiz “Women in Tech® CCA Awards” versiyasi bo‘yicha (Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasi bo‘yicha nominatsiyada) Markaziy Osiyo va Kavkazda qizlar uchun STEM sohasidagi eng yaxshi 5 ta dastur qatoridan o‘rin oldi.
⠀
Bizning nominatsiya — “Most Impactful Initiative Award” – texnologik sektorda tenglik va inklyuzivlikni ilgari surishga katta ijobiy ta’siri bo‘lgan tashabbuslar.
⠀
Bu ulkan yutuq bo‘lib, u bizning maqsadimizni – qizlarni ilm-fan va texnologiyalar olamiga sayohatlarida ilhomlantirish va qo‘llab-quvvatlashni ta’kidlaydi.
⠀
Biz jamoamizga, hamkorlarimizga, mentorlarga va ishtirokchilarimizga, umuman, faoliyatimizni qo‘llab-quvvatlagan hamda ta’lim va innovatsiyalar orqali olamni yaxshiroq qilishga bo‘lgan intilishimizga o‘z hissasini qo‘shgan barchaga minnatdorchilik bildiramiz.
⠀
Bo‘lg‘usi yetakchilarimiz olamni yaxshi tomonga o‘zgartirishlari uchun ularni birgalikda ilhomlantirishda davom etaylik!
⠀
22-sentyabr kuni Tbilisida (Gruziya) mintaqamiz finalchilarini e’lon qilish marosimi o‘tkaziladi. G‘oliblar keyingi bosqichga – “Women in Tech Global Awards” dasturiga o‘tadi.
⠀
Dastur sayti: https://women-in-tech.org/