10 Dekabr 2021

Endi nazariy darslarga o’tamiz va sizni trenerlarimiz bilan tanishtiramiz

Trener – Ziyodulla BUTAXONOV:
• aerokosmik muhandis;
• ixtirochi;
• ilmiy maqsadlarda stratosferaga kubsatlarni uchirish tashabbuskori;
• koinot va ilm-fanni ommalashtiruvchi;
• Nazar-X IT loyihasi rahbari;
• Turin politexnika universitetining Prezident granti stipendiyasi sohibi.

Darslar har shanba o’zbek tilida bo’lib o’tadi.

“Har bir inson bolaligidan biror narsaga qiziqadi, uning sevimli mashg’uloti bo’ladi. Mening sevimli mashg’ulotlarim elektronika, robototexnika va astronavtika edi. Bolaligimda bular shunchaki qiziqish edi, maqsad emas. Ammo katta bo’lganim sari, bu qiziqish mening maqsadimga aylandi va men kosmosni zabt etishga qaror qildim «

Toʻliq suhbatni rus tilida Kun.uz saytida oʻqishingiz mumkin.
Darakchi saytida o‘zbek tilida suhbat.

***

Trener – Eldar Appazov:
• RoboSchool (ilgari Robokidz’da) robototexnika, matematika va informatika o’qituvchisi;
• turnirlar, olimpiadalar va tanlovlarning sovrindorlari va g’oliblarini tayyorlagan;
• yangi mualliflik o‘qitish usullarini ishlab chiqib amalga oshiradi;
• 2020-yilda 5-7-sinflar uchun robototexnika darsligini yaratishda ishtirok etdi.

Darslar har seshanba kuni rus tilida bo’lib o’tadi.

«… robot bu shunchaki fantastik, uchadigan va otadigan narsa emas, balki odamga kundalik hayotda yordam beradigan va dolzarb muammolarni hal qiladigan qurilma dir. Ha, robototexnikaning ekstremal turlari bor, lekin umuman olganda, robotlar inson uchun biror narsa qilish qiyin yoki imkonsiz bo’lgan ishlarga jalb qilinadi. Shunday qilib, vazifa: bolalarga robot, birinchi navbatda, insonning yordamchisi ekanligini tushuntirish.»

To’liq maqolani rus tilida VOT (the Voice Of Tashkent) saytida o’qishingiz mumkin.