Registratsiya ochildi! “UniSat Stage 3” – О‘zbekistonda qizlar uchun nanosun’iy yo‘ldoshlar bo‘yicha dastur
“UniSat” qaytmoqda! Butun mamlakat bo‘ylab 15 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan qizlar uchun qiziqarli STEM-dastur o‘z faoliyatini boshlamoqda. Oldinda – 4 oy o‘qish, amaliyotlar va nanosun’iy yo‘ldoshlarni uchirish!
🔹 Sizlarni nimalar kutmoqda?
— Onlayn va oflayn treninglar
— Kosmik texnologiyalar, elektronika, dasturlash va sun’iy yo‘ldoshdan olingan tasvirlarni o‘rganish
— Haqiqiy “CubeSat” nanosun’iy yo‘ldoshi bilan ishlash
— 2025-yil kuzida: nanosun’iy yo‘ldoshni Orol dengizi tubidan stratosferaga uchirish!
👩🚀 20 nafar eng yaxshi ishtirokchi qiz Toshkentda offlayn-stajirovkadan o‘tadi va o‘zlarining “CubeSat”ini yig‘adi.
📌 Tashkilotchilar: “Tech4Impact”, “UNICEF”, Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish vazirligi va “О‘zbekkosmos”
🌐 Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdMY4fK2c_LF5joz8K0JqJQ-HADLA-gHg2H0kMkneDC2KhuUA/viewform?usp=preview
⏳ Ro‘yxatdan o‘tishga ulguring va “UniSat” kosmik jamoasining bir qismiga aylaning!