07 Oktyabr 2021

UniSat — nanoyo’ldoshlarni yig‘ish bo’yicha kosmik dastur

Nanoyo’ldosh nima?
Kichik yo’ldosh deb ham ataladigan nanoyo’ldosh – bu kichik o’lchamli va og’irligi 10 kg dan kam bo’lgan sun’iy yo’ldoshlarning bir turi.

Zamonaviy nanoyo’ldoshlarning keng ko’lamli ilovalari mavjud:
– Yerning ekologik monitoringi;
– geofizika sohalarini tadqiq qilish;
– astronomik kuzatuvlar va boshqalar.

Siz uchun ajoyib yangiliklarimiz bor!
Tez orada O’zbekistonda qizlar uchun nanoyo’ldoshni ishga tushirish uchun STEM dasturi boshlanadi!

Kanallarimizni kuzatib boring va yangiliklardan xabardor bo’ling! Bu yanada qiziqarli bo’ladi!