Kaliforniyada “Technovation Girls” loyihasining “Pitch Day” tadbiri yakunlandi
⚡️Hozirgina Kaliforniyada “Technovation Girls” loyihasining “Pitch Day” tadbiri yakunlandi va bizning “Tecnas” Senior-jamoamiz “Social Impact Award” nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi! Bu ijtimoiy muammolar yechimiga hissa qo‘shadigan eng yaxshi loyiha uchun mukofot!
Ishtirokchi qizlar va “UniSat” dasturining bitiruvchisi bo‘lgan mentor Nodira Tillaevani tabriklaymiz va bunday a’lo natija bilan faxrlanamiz🏆!
Bu nafaqat jamoa uchun, balki O‘zbekistondagi Technovation Girls hamjamiyati uchun ham muhim g‘alaba.
Shuningdek, bizning Senior-guruhda Ispaniya jamoasi (Technology Award) va Braziliya jamoasi (Grand Prize) mukofotlarga sazovor bo‘ldi.
“Tecnas” jamoasini tabriklaymiz❤️🇺🇿!
——
Eslatib o‘tamiz, jamoa “Sinov” ilovasini yaratdi: bu virtual laboratoriya bo‘lib, u O‘zbekiston maktablarida laboratoriyalar va ilmiy uskunalar yetishmovchiligi muammosini hal qiladi.